TIBBIY BILIM ASOSLARI SIRTQI TA’LIM YO’NALISHLARI Amaliy mashg’ulotlar rejasi
“Тibbiy bilim asoslari” vazifasi-talabalarda tibbiy dunyoqarashni shakllantirishni, ularda turmushda, mеhnat faoliyatida, atrof – tabiiy muhitning noqulay sharoitlarida yuzaga kеladigan xavflar va ular vaqtida o’zini tutish, muhofazalanish qoidalarini; muhofaza usul, vositalarini; jarohatlanganda va baxtsiz hodisalarda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish qoidalarini, sog’lom turmush tarzi asoslari mazmun- mohiyatini; inson organizmining барча аъзолари tizimlarini to’g’ri talqin qilishi va ular to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lishi; insonlar hayot faoliyatiga va atrof - muhitga salbiy ta'sir ko’rsatadigan turli xavflarning oldini olish to’g’risida tasavvurga ega bo’lish jarayonlarini o‘rganiladi
“Тibbiy bilim asoslari” fanining maqsadi - тalabalarga tibbiy bilim asoslarini o‘rgatish, tibbiy-gigiena jihatidan tarbiyalash, ularni favqulodda vaziyatlar holatida tibbiy yordam ko‘rsatishga, bemorlar va shikastlanganlarni parvarish qilishga tayyorlash, bo‘lajak o‘qituvchilarni va mutaxassislarni sog‘lom turmush tarzi, tibbiyot, gigiena, fuqarolar muhofazasi bo‘yicha dars bera olish darajasiga yetkazish ko‘nikma va malakalarini hosil qilishdan iborat.