Dinshunoslik (T2-101)
Mazkur fanni o‘rganish davomida talabalar dinlarning paydo bo'lish tarixiga oid dastlabki bilim va ko'nikmalarga ega bo‘ladilar. Shuningdek, talabalarda din, uning ma’naviy hayotimizdagi o‘rni haqida xolis, to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantirish hamda yuksak ma’naviyatli kadrlarni tarbiyalash va bu boradagi malakaga ega bo‘lishi ta’minlanadi.
O'rganilayotgan mamlakatlar tarixi (Turkiya)
Mazkur fanni o‘rganish davomida talabalar turk etnosining paydo bo‘lish bosqichlari, mamlakat tarixining Saljuqiylar (XI-XIII asrlar), Usmoniylar (XIV-XX asr boshi) va Turkiya Respublikasi davridagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlar, Usmoniylar hokimiyatining xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlarini o’rganadilar. Shuningdek talabalarda Turkiya tarixiga yagona jarayon sifatida qarashlarini shakllantirish, ularning etnik-madaniy xususiyatlarini chuqur bilish asosida turk, diasporalarining tarixiy rivojlanishini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko'maklashish, Usmoniylar imperiyasi va Turkiya respublikasining Yevropa va Osiyodagi o‘rnini aniqlash kabi masalalarga e'tibor qaratiladi.